Ру Ўз O'z En

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish

SIYoSATI

 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda Siyosat deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuqori axlokiy me’yorlarga sodiqligini, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.
  2. Siyosat ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi boshqaruvi Agentlik faoliyatiga qaratilgan.
  4. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu siyosatni faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.
  5. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga bardam berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash.

  1. Siyosat Agentlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatida korrupsiya bilan bog‘lik huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
  2. Mazkur Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qat’i nazar Agentlik bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga tadbiq etiladi.
  3. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalariga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo ko‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
  4. Ushbu Siyosat maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qullaniladi:

aloqador shaxslar - xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ekanligi holatlari bundan mustasno;

ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador harajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash harajatlarini qoplash bilan bog‘liq harajatlar va h.k.;

korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruhsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;

kontragent (shartnomaviy sherik) - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, kimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun tulovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi - qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;

korrupsiyaviy xavf-xatar - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan Agentlik nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;

manfaatlar to‘qnashuvi - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan Agentlikning o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar - belgilangan tartib-taomillar bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

xodim - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

yaqin qarindoshlar - ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar va opa- singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi.

2-bob. Korrupsiyaga qarshi
kurashishning asosiy tamoyillari

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Agentlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har kanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Agentlikning xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik - Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Agentlik xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda Agentlikning barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Agentlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar Agentlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish - Agentlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun tusqinliksiz tashkilot rahbariga yoki Agentlikning Ichki nazorat va komplaens xizmatiga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda Agentlik faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish - korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirish choralarini ko‘radilar.

Z-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimning elementlari

  1. Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining barcha xodimlariga korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, ya’ni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, ya’ni pullar, kimmatbaho kog‘ozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, va’da berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavkeidan noqonuniy foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.
  2. Quyidagilar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari hisoblanadi:
  1. a)  korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki hujjatlar mavjudligi, ya’ni Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:

mazkur Siyosat;

Agentlik markaziy apparati, tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari;

Agentlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda aks ettirilgan tamoyillar va talablarni tashkil etadi;

  1. b)  “Yuqoridan quyiga munosabat” - Yuqori darajada rahbarlik namunasi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari o‘ziga buysunuvchilar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak;

Agentlikning markaziy apparati, uning tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimni yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining xavf-xatarga ega funksiyalari (yo‘nalishlari)ga korrupsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l haritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orkali ko‘maklashish;

o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish;

  1. v)  korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari funksiyalarining xususiyati, tashkiliy tuzilmasi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro faoliyat olib borishiga hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni ayniqlaydi va baholaydi;

korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash doirasida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining barcha sohalari korrupsiyaviy xavf-xatariga ko‘prok uchraydigan funksiyalarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilishning barcha shakllari va tartib-taomillari aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish uchun yetarliligi jihatidan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatining faol ko‘llab-quvvatlashi va nazorati ostida Agentlikning tegishli rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaviy harakatlarga “mutlaqo toqatsizlik”ni hisobga olgan holda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish ehtimoli va ta’sir qilish darajasidan qat’i nazar ularni boshqarish zaruratini tan oladi;

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Agentlikning rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi shuningdek, aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillar Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarida aks ettiriladi.

  1. g)  korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul shaxslar va bo‘linmalar: Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Agentlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan alohida tarkibiy to‘zilma – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ichki nazorat va komplaens xizmati tashkil etilgan;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Agentlik direktoriga buysunadi va o‘z faoliyatini direktor tomonidan tasdiqlangan Ichki nazorat va komplaens xizmati to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududiy Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida ruhsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Agentlik hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida va buysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;

Agentlik hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida va buysunuvdagi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchilari korrupsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlik qiladi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari Kadrlar boshqarmasi (bo‘limlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin karindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar buladi;

Bundan tashkari, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Kadrlar boshqarmasi (bo‘limlari)dan kelib tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solinmagan taqdirda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yohud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Kadrlar boshqarmasi (bo‘limlari) va Odob-axloq komissiyalari (yoki shunga o‘xshash komissiyalar) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;

  1. d)  aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralar:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z faoliyati va funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muxitini va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimini joriy etadilar.

Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari uchun qat’iyligi va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini ta’minlashga intiladilar;

Amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l haritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi;

  1. ye)  axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslhat berish: Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Siyosat va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ularning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb saytlariga joylashtiriladi.

Bundan tashqari, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi qonun hujjatlari normalari va korrupsiyaga qarshi kurashish joriy etilgan tamoyillar va talablar haqida Agentlik xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qilish va tushuntirish bo‘yicha quyidagilar orqali barcha oqilona xatti-harakatlarni amalga oshiradi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini yiliga kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul qilinayotgan xodimlarni ushbu Siyosat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitish. Korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish/treninglar haqidagi ma’lumotlar Kadrlar boshqarmasi (bo‘limlari)da qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va fukarolarning korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha va korrupsiyaga qarshi kurashish amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan tematik audio va videoroliklar hamda boshqa axborot ma’lumotlaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlar o‘tkazish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi gumonlar yoki faktlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar (korrupsiya faktlari haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan usullari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot mazkur Siyosatning 4-bobida nazarda tutilgan) haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari bilan ta’minlash;

mazkur Siyosat qoidalarini qo‘llash yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Ichki nazorat va komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga maslahatlar berish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni kiritish;

tasdiqlangan rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xulq-atvor yuzasidan tashviqotlar o‘tkazish;

kontragentlarni korrupsiyaga qarshi kurashish qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qilish va h.k.;

  1. g)  monitoring, nazorat va hisobot:

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida monitoring va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyati va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta’sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib- taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov asosida Agentlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;

ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.

Ichki nazorat va komplaens xizmatini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari Agentlik tizimidagi muassasalar rahbarlarining choraklik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

  1. z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

mazkur Siyosatga amal qilish va Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarning buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashkari, bevosita rahbarlar o‘z buysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar va tamoyillarni buzgan Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortililadilar;

xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida o‘z rahbarlariga va Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga xabar berishlari shart;

korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, Agentlik tizimida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubxa bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur siyosat va Agentlikning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib- taomillarni buzgan Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda Agentlikning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan takdirda Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar.

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari

  • 1. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish
  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) Agentlik manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat mavqeidan va (yoki) Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining o‘zlarining xizmat majburiyatlarini lozim darajada va holis bajarishlariga, jumladan, holis qaror qabul qilishga hamda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.

  1. Agentlik tizimining xodimlari ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi ma’lumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
  • 2. Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari
  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish jarayonida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.
  2. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan rasmiy delegatsiyalar tarkibida, rasmiy tadbirlarda, jumladan, horijda olingan har qanday sovg‘alar summasidan qat’i nazar Agentlikning mulkiga o‘tkaziladi.
  3. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga ularning shaxsi bilan bog‘liq bayramlar (tug‘ilgan kun, bolaning tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.
  4. Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

sovg‘alar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining kamida uch nafar xodimlari ishtirokida berilishi;

sovg‘a berish jaryoni tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini toptan bulishi;

sovg‘aning umumiy kiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 5 (besh) bazaviy hisoblash mikdoridan oshmasligi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining bitta xodimi boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan harajat summasi, har bir holatda 1 (bitta) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.

  1. Shubhalar paydo bo‘lmasligi uchun boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, sheriklar va kontragentlar, ushbu Siyosatning 16 va 17-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan har kanday bayram (tug‘ilgan kun, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va h.k.ni inobatga olgan holda, biroq bu bilan cheklanmasdan) bilan bog‘liq holda olinadigan, ushbu Siyosatning 15-bandida sanab o‘tilgan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
  2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi nomidan xalqaro konferensiyalarda, simpoziumlarda va boshqa ishbilarmonlik (xizmatga oid) yig‘ilishlarda sovg‘alar berish Agentlik direktori yoki uning o‘rinbosarlarining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
  3. Sovg‘ani qabul qilishning qonuniyligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan har kanday hollarda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga maslahat so‘rab murojaat qilishi lozim.
  • 3. Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga
    o‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish
  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, ushbu Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq keladi.
  2. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida ularning rahbarlari, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlarini mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
  • 4. Tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari
    va tashkilotlari faoliyatini o‘rganish
  1. Turli xil tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda - “Tekshirish ob’ektlari”) faoliyatini o‘rganishda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari:
  • manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;
  • ob’ektni tekshirish bir xodim tomonidan amalga oshirilmasligi;
  • sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish ob’ekga vakillarining savodsizligidan foydalanib qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, tekshirilayotgan ob’ekt xodimlarini aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;
  • tekshirilayotgan ob’ektning xodimlariga tahdid qilmasligi;
  • tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasliklari va hujjatlarni so‘ramasliklari.
  • Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishlari;
  • agar tekshirish ob’ekti vakillari Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarini darhol xabardor qilishlari;
  • tekshirish ob’ekti vakillariga Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.
  1. Xizmat majburiyatiga davlat organlari va tashkilotlarini tekshirish kiradigan Agentlikning tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan nizolashish uchun apellyatsiya instansiyalari tashkil etiladi.

5-§. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan
o‘zaro munosabatlar

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari ushbu Siyosatning tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari kontragentlar bilan munosabatlarda o‘z faoliyatini amalga oshirishida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayonini hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va sotib olinadigan mahsulotning Agentlik tizimining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan bahosini aniqlashning shaffof tartibini ta’minlaydilar.
  3. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari kontragent bilan o‘zaro hamkorligida:

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida davlat haridlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari doirasida Agentlik tizimi xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentni (tanlov, tender g‘olibini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha harid kontragentini) o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida ular bilan to‘ziladigan shartnomalar matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shgan holda xabardor qiladilar.

  • 6. Xayriya va homiylik faoliyati
  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari mumkin. Bunday yordamni olgan paytda Agentlikda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytlarida imkon qadar barcha choralarni ko‘rishlari mumkin.
  • 7. “Sirli mijoz” tadbiri
  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezligini, shuningdek haqqoniy va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan mustaqil kompaniyalar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligini aniqdash uchun xizmatlarning haqiqiy oluvchilari sifatida alohida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida mustaqil kompaniya bunday xizmatlarning sifati, muddatlari, shartlarini, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlarining belgilangan axloq qoidalariga, shu jumladan xodimning pora olishga moyilligini belgilab boradi.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadilar va korrupsiya xavfi aniqlangan takdirda xizmat tekshiruvi tayinlash haqidagi tashabbus bilan chikadilar.
  • 8. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish
  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan faoliyati (xususan, xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yigilishlari va boshqalar) video tasviri kameralarga tushirilib, ular ushbu bo‘limda saqlanib boriladi.

         Ayrim jarayonlarni onlayn translyatsiyalari Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

  • 9. Ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
  1. Ichki hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ham ekspertiza o‘tkaziladi.
  • 10. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari
    va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga maslahat berish
  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har kanday savollar bo‘lsa, ular Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

5-bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar
to‘g‘risida xabar berish

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va boshqa shaxslar, agar ular Agentlik tizimi xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda Agentlikning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bergan shaxsning maxfiyligini ta’minlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
  3. Agentlikning markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladilar va qasos olishga qaratilgan harakatlarga, shu jumladan ishdan bo‘shatish, lavozimni pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish, Agentlik tizimining boshqa xodimlarining shubhali harakatlari yoki ular tomonidan ushbu Siyosatning korrupsiyaga qarshi talablarini bo‘zish ehtimoli haqida xabar bergan shaxslarni ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlaydilar.
  4. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orkali berish mumkin:

Agentlik Ishonch telefon raqami “(071)259-21-37”;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati xodimlari telefon raqamlari;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati elektron pochta manzili cs@davaktiv.uz;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlariga.

  1. Agentlik tizimining aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq xolis tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.
  2. Anonim ravishda (fakat Agentlik rasmiy veb-saytidagi “Anonim murojaat” kanali orkali) yuborilgan xabarlar ham ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. O‘z nomini oshkor qilinmasligini istagan ariza beruvchi bunday holatda quyidagilarni tan oladi:

Agentlik xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan bog‘lana olmaydi;

Agentlik zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishning imkoniyati yo‘qligi sababli xabarni to‘liq va har tomonlama tekshirishni amalga oshira olmaydi.

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan quyidagi holatlarda bog‘lanilmaydi:

to‘liq va keng qamrovli tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarning yo‘qligi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimining qasddan yolg‘on ma’lumotni taqdim etishi ushbu Siyosatni buzilishi va axloqsiz xulq-atvorning namunasi sifatida qaralsa, bunday shaxs esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

  1. Agentlik tizimida korrupsiya faktlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan Agentlik xodimlari, agar bu ma’lumotlar tasdiqlangan bo‘lsa, ichki hujjatlarga muvofiq rag‘batlantirilishi mumkin.
  2. Barcha aloqa kanallarining ishlashi va olingan xabarlarni qayta ishlash/ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot Agentlikning ichki hujjatlarida aks etgan.

6-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar
kiritish tartibi

  1. Ushbu Siyosat quyidagi hollarda kayta ko‘rib chiqilishi va to‘zatilishi kerak:

korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni kayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda;

korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tug‘ilganda;

Agentlik tizimining tashkiliy to‘zilmasi va (yoki) Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan o‘z vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar o‘zgarganda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy
mansub tashkilotlari xodimlarining
ODOB-AXLOQ QOIDALARI

1 bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016 yil 2 martdagi 62-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimiga kiruvchi barcha tashqilotlar (keyingi o‘rinlarda - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari) xodimlarining kasbiy odob-axloqining normalari, tamoyillari va xizmatdagi
    xulq-atvorining qoidalarini belgilaydi.
  2. Mazkur Qoidalar huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, xodimlarni yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
  3. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
    va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari mazkur Qoidalarning talablariga rioya etishlari shart. Mazkur Qoidalarni bilish va ularga rioya qilish majburiyati egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qat’i nazar Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining barcha xodimlariga tadbiq etiladi.
  4. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan.
  5. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
    va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlarida mazkur Qoidalar, kasbiy xulq-atvor yoki Agentlikda tartib-taomillar bilan bog‘liq har qanday savollar paydo bo‘lganida ular Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga, shuningdek, “(071)259-21-37 Ishonch telefoni”ga maslahat so‘rab murojaat qilishlari mumkin.

2-bob. Asosiy terminlar va tushunchalar

  1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar - qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;

urug-aymoqchilik - xodimning umumiy ajdodga ega bo‘lgan muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga sub’ektiv, iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish tarzidagi shaxsiy manfaati;

manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Agentlikning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama- qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

kontragent - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, mehnat munosabatlari bundan mustasno;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

maxalliychilik - shaxsni faqatgina qarindoshligi (qarindoshini hamma bilishi yoki mashhurligi va uning jamoatchilik tan olganligi)
va bunday shaxsning hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan organlardagi qarindoshlarining xizmat mavqei sababli lavozimga qo‘yiladigan malaka talablarini hisobga olmasdan ishga yollash, rotatsiya qilish hamda lavozimga tayinlash;

nepotizm (tanish-bilishchilik) - o‘zining yaqin qarindoshlari
yoki do‘stlariga asossiz imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, biroq quyidagi vaziyatlar bilan cheklanib qolmaslik: yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar hisoblash, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari manfaatlari zarariga yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash;

homiylik - yon bosish, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklida Agentlik xodimini yuqoriroq lavozimdagi xodim tomonidan himoya qilinishi;

Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
va idoraviy mansub tashqilotlari xodimi
- Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

favoritizm - Agentlik xodimi bir shaxs yoki bir guruh shaxslar manfaatlarini boshqa shaxs va (yoki) shaxslar guruhi manfaatlaridan ustun qo‘yish, shu bilan birga, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida kadrlarni tanlash
va joy-joyiga qo‘yish, lavozimi bo‘yicha ko‘tarish, mukofotlarni hisoblash va davlat mukofotlariga tavsiya qilish, mehnat ta’tillari berish yoki sanatoriyalar va xorij safarlariga yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish navbatini, shuningdek, ish vaqti va navbatchilik grafiklarini belgilash shular jumlasidandir.

Z-bob. Xizmatdagi xulq-atvorning asosiy
tamoyillari va qoidalari

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
    va idoraviy mansub tashqilotlari o‘z xizmat majburiyatlarini quyidagi tamoyillar asosida bajarishlari shart:

qonuniylik - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya qiladilar hamda o‘z xizmat majburiyatlarini mansab yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari, ichki hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bajaradilar;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining oliy qadriyati bo‘lib hisoblanadi. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va qonunbo‘zarlik bo‘lgan hollarda ularni tiklashga ko‘maklashadilar.

vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari o‘z faoliyatini ma’naviy va vatanparvarlik kadriyatlari, Vatanga sadoqat, xizmat burchiga sodiqlik asosida jamiyatning Agentlikga bo‘lgan talabini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Agentlikning xodimlari o‘z xizmat burchlarini shaxsiy xayrixohlik, o‘z manfaatlari va mafko‘raviy qarashlaridan qat’i nazar bajaradilar;

davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga hamda davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlashga to‘sqinlik qiladigan shaxsiy manfaatdorligi ta’siri bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozim;

adolat, halollik va xolislik - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari Agentlikga murojaat qilgan barcha shaxslarga nisbatan adolatli, halol
va xolis munosabatda bo‘lishni ta’minlaydilar;

professionallik va kompetentlilik - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari Agentlikning asosiy qadriyati bo‘lib hisoblanadi, ularning malakasi, ishonchi, ezgu niyati, hamkorligi va jamoaviy ruhi qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
va idoraviy mansub tashqilotlarini takomillashtirish imkonini beradi. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari professionallik, benuqson ishchanlik obro‘si, jamoada qulay ma’naviy va ruhiy muhitni yaratishda yordam berish, shuningdek, hamkasblari bilan samarali bilim va tajriba almashishni ta’minlashi majburiydir;

samaradorlik va tejamkorlik - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari o‘z faoliyati samaradorligini oshirishni, jumladan, erishilishi jamiyat va davlat farovonligini oshirish imkonini beradigan strategik vazifalardan biri sifatida ichki boshqaruv, fuqarolar, tashqilotlar va davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda ko‘rib chiqadilar. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari
va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari, o‘z navbatida, Agentlikning mulkiga, o‘zining va boshqa xodimlarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.

4-bob. O‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirishda Agentlikning roli

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining rahbarlari xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirishda quyidagilarga majburdirlar:

o‘z mansab majburiyatlarini bajarishda mazkur Qoidalarda belgilangan axloq normalari va tamoyillarga so‘zsiz rioya qilinishida shaxsiy namuna ko‘rsatish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda halol bo‘lish, ularning takliflari, g‘oyalari, talablari va shikoyatlariga o‘z vaqtida javob berish;

kamsitishga oid siyosatga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarga mehnatga haq to‘lash va xizmat bo‘yicha ko‘tarilishida teng huquq va imkoniyatlarga kafolat berish;

xodimlarga ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari bilan munosabatlarini o‘zoq muddatli hamkorlik qilish, maqsadlar umumiyligi, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olish, ijtimoiy sheriklik asosida o‘rnatish;

manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilish bo‘yicha o‘z vaqtida birlamchi choralarni ko‘rish;

korrupsiyani oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi ko‘rashishda faol qatnashadigan xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

vazifalar doirasini aniq belgilab olish va bo‘ysunuvchi xodimlar o‘rtasida ularning mansabi va kasbiy layoqatidan kelib chiqib taqsimlash, xodimlarning lavozim majburiyatlari doirasidan chetga chiqadigan vazifalarni bermaslik;

xodimni asossiz ravishda rag‘batlantirish va lavozim bo‘yicha ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, g‘ayrihuquqiy harakatlarga e’tibor bermaslikka qarshi choralar ko‘rish (masalan, xodimlar tomonidan o‘z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli darajada choralar ko‘rilmasligi);

xodimlarni majburiy mehnatda, jumladan, shahar hududlarini obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida, metall qoldiklarini yig‘ishda, shuningdek, boshqa mavsumiy tadbirlarda qatnashishlarini oldini olish (tegishli tashqilot hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik tashqil etilgan hollar bundan mustasno);

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlarini samarali boshqarish, ular tomonidan Agentlikning mol-mulki va moliyaviy resurslari bilan ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lishlarini ko‘zatish;

o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan mazkur Qoidalar buzilishini oldini olishga bo‘lgan harakatsizligi uchun javob berish.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining rahbarlari, shuningdek, Agentlikdagi bo‘lim
    va boshqarmalar boshliqlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarda professional, halol va adolatli xulq-avtor namunasi bo‘lishi, qulay ish muhitini yaratishi hamda Agentlikda ijobiy ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim.
  2. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining rahbarlari, shuningdek, Agentlikdagi bo‘lim va boshqarmalar boshliqlari nepotizm, favoritizm, mahalliychilik, homiylik, urug‘-aymoqchilik va boshqa belgilarga ko‘ra xodimlarni yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash, rag‘batlantirish yoki jazolash, shuningdek, ularga boshqacha sub’ektiv munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

5-bob. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlarining axloq normalari
va qoidalarga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlari

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining ichki idoraviy hujjatlarini bajarish;

o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan va professional darajada bajarish;

yuqori turuvchi davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan
o‘z vakolati doirasida qabul qilingan farmoyishlarni o‘z vaqtida
va sifatli ijro etish;

o‘z faoliyatini qonunchilik va ichki hujjatlarda belgilangan kompetensiya doirasida amalga oshirishi;

o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ular ta’siridan o‘z mustaqilligini saqlab qolish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish;

xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilishi yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy, mulkiy yoki boshqa manfaatlarga taallukli bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyish;

xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;

o‘z vakolatlaridan davlat organlari, boshqa tashqilotlar yoki ular mansabdor shaxslari faoliyatiga noqonuniy aralashish maqsadida foydalanmaslik;

turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy
va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashgan holda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish;

xodimlar tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xulq-avtordan o‘zini tiyish va o‘z obro‘si yoki Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining nufuzini tahdid ostiga olishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olish;

egallab to‘rgan lavozimi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yuqori darajada ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lish, hamkasblariga, fuqarolarga va boshqa uchinchi shaxslarga hurmat, xushmuomalalik va xayrixohdik bilan munosabatda bo‘lish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining ishi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, belgilangan tartibda ishonchli ma’lumotlarni olishga ko‘maklashish;

maxfiy axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish, shuningdek, maxfiy axborot va shaxsiy ma’lumotlarni nobud qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish, zarar yetkazish, ruhsatsiz foydalanish xavfidan tegishli darajada himoya qilinishini ta’minlash;

haqoratli, hurmatsiz va kamsituvchi xulq-atvorda bo‘lishga, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari va (yoki) ular xodimlarining obro‘siga putur yetkazadigan zo‘ravonlik yoki yolg‘on mish-mishlarni tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnik bazadan hamda Agentlikning boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish;

xatlar va xizmat xabarlarini yetkazish va olishning Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida belgilangan qoidalariga rioya qilishi;

qonunbuzarlik sodir etishga undab o‘ziga murojaat qilgan holatlar, shuningdek, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday qonunbo‘zarlik faktlari haqida o‘z rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslarni zudlik bilan xabardor qilish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining yangi va boshqa xodimlariga zarur amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, hamkasblarini ularning kasbiy intilishlarida qo‘llab-quvvatlash;

mehnat intizomiga rioya qilish va ish vaqtidan samarali foydalanish;

ish joyida va (yoki) o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda alkogol, giyohvand va boshqa taqiqlangan vositalarni iste’mol qilishdan, shuningdek, ish joyida alkogol yoki giyohvand vositalar ta’sirida bo‘lish holatidan voz kechish;

hamkasblari va boshqa shaxslardan tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, shuningdek, xolis e’tirozlar bo‘lganda xulq-atvor modelini o‘zgartirish;

berilgan vazifalarni bajarishga ijboiy ta’sir ko‘rsatadigan tinch emotsional holatda bo‘lish.

  1. Siyosiy, iktisodiy maqsadga muvofiqlik, shuningdek, shaxsiy va boshqa sub’ektiv sabablar xodim tomonidan mazkur Qoidalar talablarini buzishga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
  2. Mehnat shartlari va xizmat turidan kelib chiqib, xodimning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishida tashqi ko‘rinishi fuqarolar tomonidan ommaviy hokimiyatni hurmat qilishga ko‘maklashishi, umumqabulqilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, kamtarlik va intizomlilikni alohida ta’kidlashi lozim.
  3. Xodimlar ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va axloqqa zid keluvchi xulq-atvordan o‘zlarini tiyishlari kerak.

6-bob. Sovg‘alar va ish muomalasida
mehmondo‘stlik belgilari

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlariga xodim o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish muomalasida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari tomonidan boshqa hududiy boshqarmalari yoki idoraviy mansub tashqilotlari xodimlariga ularning shaxsiy bayramlari (tug‘ilgan kun, farzandining tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.
  3. Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

sovg‘alar Agentlikning kamida uch nafar xodimlari ishtirokida berilishi;

sovg‘a berish tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi kerak, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lishi;

sovg‘aning umumiy qiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 5 (besh) bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi;

Agentlikning bitta xodimi boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan harajat summasi, har bir holatda 1 (bitta) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.

  1. Sovg‘alarni qabul qilishning qonuniyligida har qanday shubhalar paydo bo‘lganda xodim O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi ko‘rashish Siyosati qoidalari bilan tanishib chiqishi va Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatidan maslahat so‘rab murojaat qilishi maqsadga muvofiq.
  2. Sovg‘alar va ish muomalasida mehmondo‘stlik belgilarini olish va berish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi ko‘rashish Siyosati bilan tartibga solinadi.

7-bob. Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari korrupsiyani uning har qanday shakli va namoyon bo‘lishida qabul qilmaydi.
  2. Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining barcha xodimlariga pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, ya’ni pullar, qimmatbaxo qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tavsifdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, va’da va pora berish (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki huquqka xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qat’iy taqiqlanadi.
  3. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha qabul qilingan tamoyillar va talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi ko‘rashish Siyosatida mustaxkamlangan.

8-bob. Odob-axloq komissiyasi

  1. Mazkur Qoidalar, shuningdek, umumqabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etilishi masalalarini ko‘rib chiqish uchun Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida odob-axloq komissiyalari tashqil etiladi.
  2. Odob-axloq komissiyalari har bir Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarida qabul qilingan odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomlar, mazkur Qoidalar hamda Agentlik rahbarlarining buyruklari asosida faoliyat olib boradi.
  3. Odob-axloq komissiyalari Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomning buzilishi bilan bog‘liq masalalarni:

Agkntlik rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha;

xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra;

o‘z tashabbusi bilan;

Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlaridan, shuningdek, ular bilan aloqa kanallari orqali kelib tushgan axborot asosida ko‘rib chiqadi.

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari tomonidan mazkur Qoidalar bo‘zilganda yoki buzilishida shubha paydo bo‘lganida ushbu vaziyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolat (funksiya)larni mas’ul bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda hal qilinmagan manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda, bu vaziyat Odob-axloq komissiyasi tomonidan Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik yoki korrupsiyaviy xavf-xatar mavjud bo‘lgan vaziyatlar aniqlanganda, ular Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladi;

sovg‘alar va ish muomalasida mehmondo‘stlik belgilariga oid qoidalar bo‘zilganida, ushbu vaziyatlar Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladi;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati Odob-axloq komissiyasi bilan birgalikda, agar qoidabo‘zarliklar nafaqat mazkur Qoidalarga, balki Odob-axloq komissiyasi majlislarida Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatining ishtiroki bevosita nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining boshqa ichki hujjatlariga tegishli bo‘lsa, mazkur Qoidalarni buzish faktlari va xavf-xatarlarini ko‘rib chiqadi.

Mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hollarda ushbu Qoidalar talablarining buzilishi Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

9-bob. Odob-axloq sohasida qonunbuzarliklar haqida xabarlar

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimlari va boshqa shaxslarda Agentlik xodimlari harakatlarining qonuniyligi va (yoki) axloqiyligida shubha paydo bo‘lganda, odob-axloq qoidalarining buzilishida ehtimol tutilgan yoki ularni sodir etilganligi fakti bo‘yicha asosli gumoni bo‘lganda, bu haqda Agentlikning mavjud aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida qonunbo‘zarlik haqida ishonchli axborot bergan shaxsning maxfiyligini ta’minlaydilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
  3. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladi va qasos olish, jumladan, ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, unda boshqa xodimining shubxali xulq-atvori yoki mazkur Qoidalardagi odob-axloq normalari va tamoyillarini buzish ehtimoli haqida ixtiyoriy xabar bergan xodimlarni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmasligiga kafolat beradi.
  4. Mazkur Qoidalarning buzilishi haqidagi xabarlar quyidagi aloqa kanallari orqali berilishi mumkin:

Agentlik Ishonch telefon raqami “(071)259-21-37”;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati xodimlari telefon raqamlari;

Agentlikning “@csdavaktiv_bot” Telegram-kanaliga

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati elektron pochta manzili cs@davaktiv.uz;

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar mas’ul bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.
  2. Ko‘rib chiqishga, shuningdek, anonim tarzda (fakat Agentlik rasmiy veb-saytidagi “Anonim murojaat” kanali orkali) yo‘llangan xabarlar ham qabul qilinadi. Anonim bo‘lib qolishni istagan arz qiluvchi bunday holda quyidagilarga rozi bo‘ladi:

Agentlik xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan bog‘lana olmaydi;

Agentlik zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishning imkoniyati yo‘qligi sababli xabarni to‘liq va har tomonlama tekshirishni amalga oshira olmaydi.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimi tomonidan bila turib yolg‘on ma’lumot berilishi mazkur Qoidalarning buzilishi va g‘ayriaxloqiy xulq-atvor namunasi sifatida qaraladi, bunday shaxs esa qonunchilik hamda Agentlikning ichki idoraviy hujjatlarga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.
  2. Aloqa kanallarining ishi va olingan xabarlarni ko‘rib chiqish/qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga korrupsiyaviy harakatlar haqida xabar berish uchun aloqa kanallaridan kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash reglamentida hamda Agentlikning shunga o‘xshash ichki hujjatlarida aks ettirilgan.

10-bob. Mazkur Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik

  1. Xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya qilish muhim kasbiy kompetensiya sifatida qaraladi va boshqa mezonlar qatorida lavozimini ko‘tarish, faoliyatini baholash va h.k.larga xizmat qiladi.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlari xodimining obod-axloq standartlariga sodiqlik attestatsiyada, yuqori turuvchi va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasini tayyorlashda inobatga olinadi.
  3. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining xodimi tomonidan mazkur Qoidalarning buzilishi uni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin.

11-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish tartibi

  1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashqilotlarining tamoyillari va talablariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda mazkur Qoidalar Agentlik rahbarining buyrug‘iga asosan qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, hududiy boshqarmalari va idoraviy
mansub tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik)ning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizom talablari Agentlik tizimidagi barcha xodimlarga, ularning egallab turgan lavozimi va xizmat vakolatlaridan kat’i nazar, ko‘llaniladi.
  3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar - qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;

urug‘-aymoqchilik - xodimning umumiy ajdodga ega bo‘lgan muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish shaklidagi shaxsiy manfaatining namoyon etilishi;

manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Agentlikning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

mahalliychilik - shaxsni faqatgina qarindoshligi (qarindoshni hamma bilishi/mashhurligi va uning jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilganligi) va bunday shaxsning hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan organlardagi qarindoshlarining xizmat mavqei sababli lavozimga qo‘yiladigan malaka talablarini hisobga olmasdan ishga yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshka tijorat yoki notijorat manfaatlari);

nepotizm (tanish-bilishchilik) - o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga g‘ayriqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar xisoblash, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlari zarariga yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlar;

homiylik - yon bosish, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimini yuqoriroq lavozimdagi xodim tomonidan ximoya qilinishi;

potensial manfaatlar to‘qnashuvi - xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular Agentlikning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lishi va Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish – xodimlar tomonidan potensialli yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida e’lon qilish tartib-taomili;

haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari yoki idoraviy mansub tashkilotlari bilan bog‘lik bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) Agentlik manfaatlariga bevosita yoki bilvosita qarama-qarshi bo‘lgan vaziyat;

aloqador shaxslar – xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;

manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan xodimlarining xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarilmasligi holati va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda ularning manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlaridan ustun kelishi xavfini kamaytirish yoki bartaraf etish;

favoritizm - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari yoki idoraviy mansub tashkilotlari xodimi bir shaxs yoki bir guruh shaxslar manfaatlarini boshqa shaxs va (yoki) shaxslar guruhi manfaatlaridan ustun qo‘yish, shu bilan birga, Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, lavozimi bo‘yicha ko‘tarish, mukofotlarni hisoblash va davlat mukofotlariga tavsiya qilish, mehnat ta’tillari berish yoki sanatoriyalar va xorij safarlariga yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish navbatini, shuningdek, ish vaqti va navbatchilik grafiklarini belgilash shular jumlasidandir.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning xodimlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilishlari shart:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatdorligidan ustun qo‘yishi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan oshkoralik, vijdonlilik xolislik asosida qarorlar qabul qilinishi;

xodimlar tomonidan potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning majburiyligi;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik choralarning ustuvorligi;

manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini ko‘rib chiqish va manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda jamoaviylikka amal qilishi;

manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bilan tavsiflangan vaziyatlarni ko‘rib chiqish, baholash va hal qilishga xolis yondashuvi;

ushbu Nizomda belgilangan tartibda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan taqdim etilgan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;

agar xodim biron-bir qaror qabul qilishdan avval yoki o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishdan oldin manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tegishli tartibda xabar bergan hamda Agentlik manfaatlari foydasiga o‘z shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga tayyor bo‘lsa, uni haqiqiy yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi sababli ishdan bo‘shatilishiga yo‘l ko‘yilmasligi.

2-bob. Mas’ul tarkibiy bo‘linmalar
xodimlarining majburiyatlari va vakolatlari

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini bajarishida va (yoki) Agentlikning manfaatlarini ifodalashda ushbu Nizomda belgilangan tamoyillarga amal qilishlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan o‘zlarini saqlashlari shart.
  2. Xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari:

ushbu Nizomning talablariga rioya qilishi;

faqat Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarini ko‘zlashi;

o‘z xizmat mavqeidan faqat Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarida foydalanishi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar to‘g‘risida Agentlikning Ichki nazorat va komplaens xizmatini xabardor kilishi;

nepotizm (qarindoshlik), homiylik, favoritizm, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikning namoyon bo‘lishiga qat’iy chek qo‘yishi;

potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilishi;

o‘zining yaqin qarindoshlari va aloqador shaxslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini, o‘zining va ularning nodavlat notijorat tashkilotlaridagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni halol, to‘liq va vijdonan oshkor qilishi shart.

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimi quyidagi hollarda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi kerak, agar:

xodimning bevosita bo‘ysunuvida yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar bo‘lsa;

xodim yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslarga nisbatan xodimlarga (jumladan, ish haqini hisoblash va to‘lash, mukofotlar, ustamalarga taqdim etish va ularning miqdorini belgilashga) oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etsa;

xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari tijorat tashkilotlarida ulushlarga yoki aksiyalarga ega bo‘lsa (Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno);

xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari nodavlat notijorat tashkilotining boshqaruvida ma’lum bir lavozimni egallab turgan bo‘lsa;

xodim o‘zining yaqin qarindoshlari va (yoki) u bilan aloqador shaxslar ishlaydigan Agentlik nazorati ostidagi tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilishning alohida funksiyalarini bajarsa;

xodim Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan o‘zining shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilishda ishtirok etsa.

  1. Ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarda ham manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini aniqlash uchun har bir vaziyat barcha holatlar hisobga olingan holda alohida ko‘rib chiqiladi. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yangi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur Nizomga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritilishi lozim.
  2. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

3-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi
ma’lumotlarni oshkor qilish va ko‘rib chiqish tartibi

  1. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida vakant bo‘lgan bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish;

manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish (har yillik deklaratsiya);

potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi fakti bo‘yicha ma’lumotlarni oshkora qilish.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining bo‘sh ish joylariga nomzodlarning, xodimlarning ularni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

ma’lumotnoma-ob’ektivka va mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi (xodim tomonidan ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hujjatlarni avval taqdim etganligidan qat’i nazar) ma’lumotlar (yaqin qarindoshlar, aloqador shaxslar, ustav kapitalida xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlarida xodimning va (yoki) uning rahbarlik lavozimlarini egallab turgan yaqin qarindoshlarining ishtiroki);

ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki yo‘qligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza to‘ldiriladi.

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

xodim tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining mas’ul xodimi ularda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki yo‘qligi bo‘yicha tekshiradi. Manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining mas’ul xodimi ushbu xodimning bevosita rahbariga mazkur manfaatlar to‘qnashuvi va uni hal qilish uchun chora ko‘rish zarurligi haqida yozma shaklda xabar qiladi;

xodimning bevosita rahbari ushbu ma’lumotni olgan paytdan boshlab manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralarini ko‘radi va bu haqda yozma shaklda xizmat xati ko‘rinishida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga xabar qiladi;

Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining mas’ul xodimi xodimning bevosita rahbaridan ko‘rilgan choralar bilan xizmat xatini olgan paytdan boshlab 5 ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi va maqbulligini ko‘rib chiqish uchun aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning Odob-axloq komissiyasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan qaror Agentlikning Odob-axloq komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimi manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni rotatsiya/lavozimga tayinlanishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqida ariza berish va har yili mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza topshirish yuli bilan har yili oshkor qilishi lozim.

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni har yili oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining barcha xodimlari hisobot davrida yuz bergan voqealar va o‘zgarishlarni hisobga olgan holda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga bir yilda bir marta xabar berishi shart;

Agentlik Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga tomonidan har yili 15 yanvargacha Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi haqida xabar berish zarurligi to‘g‘risida topshiriq beriladi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari xar yili 15 fevralgacha manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni rotatsiya/lavozimga tayinlanishda va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda har yili ariza topshirishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqidagi arizani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirishlari va to‘ldirilgan arizani Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga taqdim qilishlari lozim;

Agentlik Tashkiliy-nazorat boshqarmasi xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi haqida xabar berish zarurligi to‘g‘risidagi topshiriqni barcha Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi 10 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini ko‘rsatgan xodimlarni aniqlash uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki yo‘qligi haqida olingan arizalarni tahlil kiladi;

bunday xodimlar haqidagi ma’lumot ularning bevosita rahbarlariga yetkaziladi hamda Agentlik Odob-axloq komissiyasiga yoki Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga yuboriladi (agarda, Agentlik Odob-axloq komissiya a’zolarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda);

Agentlik Odob-axloq komissiyasi xodimning bevosita rahbari va (zarurat bo‘lganda) xodim ishtirokida 20 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi holatini ko‘rib chiqadi va manfaatlar to‘qnashuvi bilan tavsiflanadigan vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi haqida qaror chiqaradi;

manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi va ularni hal qilish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan choralar haqidagi yakuniy qaror Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasiga kiritiladi va xodimga yetkaziladi. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish bo‘yicha javobgarlik xodimning bevosita rahbari zimmasida bo‘ladi;

Agentlik Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga tomonidan 25 martgacha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reestriga kiritiladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqidagi elektron ma’lumotlarni jamlaydi va saqlaydi;

har yili I chorakda Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati Agentlikning Kadrlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish, aniklash va hal qilish bo‘yicha statistika tahlilini Agentlik Direktoriga kiritadi.

  1. Mavjud yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi fakti bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining har qanday xodimida manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqqanda, u bu haqda bevosita rahbariga haqiqiy yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi sifatida tavsiflanadigan holatni batafsil bayon etib mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabar berishi lozim;

ko‘rsatilgan ma’lumot xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi kelib chikkan yoki xodimga manfaatlar to‘qnashuvi ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida yozma shaklda taqdim etilishi kerak;

xodimning bevosita rahbari xodimdan yozma xabarni olgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni ko‘rib chiqishi va manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganida xodimning manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqish ehtimoli haqidagi xabarnomasida tegishli ma’lumotni to‘ldirib, uni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va qabul qilish lozim;

xabarnoma xodim tomonidan bir ish kuni ichida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish uchun taqdim etiladi;

Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi xabarnomani olib, bir ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi va maqbulligi haqida qaror chiqarish uchun Agentlik Odob-axloq komissiyasining eng yaqin vaqtdagi majlisi kun tartibiga kiritishi lozim. Agentlik Odob-axloq komissiyasining qarori Odob-axloq komissiyasining majlisi bayonnomasiga kiritiladi va xodimga u tuzilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida ma’lum qilinadi. Agentlik Odob-axloq komissiyasining a’zosi, agar unda Komissiya majlisida manfaatlar to‘qnashuvi ko‘rib chiqilayotgan xodimga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganda qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi;

agar manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘lik bo‘lgan aniq vaziyat Agentlik Odob-axloq komissiyasining a’zolariga aloqador bo‘lsa, bunday ma’lumotlar olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmatiga taqdim etilishi lozim;

manfaatlar to‘qnashuvining hal etilishiga qarab Agentlik Odob-axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida xulosa qilinadi hamda hal qilish uchun Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbariga ko‘rib chiqishga taqdim etiladi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan oshkor etilgan mavjud yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumot Agentlik Odob-axloq komissiyasining majlisi bayonnomasi tuzilganidan so‘ng uch ish kuni ichida Reestrda aks ettiriladi.

4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini
hal qilish choralari

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarining buzilishini oldini olish uchun mavjud manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari imkon qadar tezroq amalga oshirilishi lozim.
  2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligida manfaatlar to‘qnashuvlarini boshqarishda quyidagi choralar belgilanishi kerak:

bevosita bo‘ysunadigan xodimni yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxs bo‘ysunuviga o‘tkazish;

manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ular bo‘yicha qaror chiqarish jarayonida qatnashishdan xodimning o‘z ixtiyoriga ko‘ra chetlashish/o‘zini o‘zi rad etishi yoki uni majburan (doimiy yoki vaqtincha) chetlashtirilishi;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimning lavozim majburiyatlari doirasini qayta ko‘rish;

xodim tomonidan uning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan va manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ma’lumotlari va xujjatlaridan foydalanilishini cheklash;

yuqoriroq lavozimni egallab turgan yaqin qarindosh va (yoki) aloqador shaxsga nisbatan lavozimni ko‘tarish, faoliyatini baholash, mukofot pullarini to‘lash va ish haqqiga ustamalarni hisoblash, o‘qishga va treninglarga hamda har qanday masalalar bo‘yicha xorijga yuborish, mehnat ta’tiliga chiqishga rozilik berish va ish haqqini nazorat qilish haqida jamoaviy tarzda qaror qabul qilinishini ta’minlash;

xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnatga oid funksiyalarni bajarishini nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish va boshqa holatlar.

  1. Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 13-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi mumkin:

xodim tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechishi;

xodim tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechmaganda uni ishdan bo‘shatish (mehnat shartnomasini bekor qilish)ga tavsiya berish.

  1. Har bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan kelib chiqib, xodim bilan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.

5-bob. Axborotning konfedensialligi

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda qatnashadigan xodimlar olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ushbu ma’lumotlardan faqat ko‘rib chiqish, hisobga olish va hal etish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishini ta’minlashi lozim.
  2. Fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi fakti yoki gumoni haqidagi xabar bilan Agentlikka murojaat qilinganida uni ko‘rib chiqish Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

6-bob. Reestrni yuritish
va saqlashga qo‘yiladigan talablar

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Reestrga kiritish yuli bilan o‘z vaqtida va to‘liq yuritishlari shart.
  2. Agentlikning har bir hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi tegishli Agentlik xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini o‘z vaqtida va to‘liq yuritilishiga javobgar hisoblanadi.
  3. Agentlik Kadrlar boshqarmasi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqidagi ma’lumotlarni Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Reestrini har chorakda (yoki zaruratga ko‘ra) yig‘ish va umumlashtirish yo‘li bilan to‘plashi lozim.
  4. Ma’lumot Reestrga quyidagi hollarda kiritilishi kerak:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilishda – Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasi tuzilgan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, agar nomzod manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqida arizada manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini ko‘rsatgan bo‘lsa va Agentlik Odob-axloq komissiyasi manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi faktini tasdiqlasa;

lavozimga tayinlash/rotatsiya vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oshkor kilishda - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbari tomonidan buyruq imzolangan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan;

manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishiga ko‘ra – Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasi tuzilgan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, agar Agentlik Odob-axloq komissiyasi manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi faktini tasdiqlasa;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni har yili deklaratsiya qilinganda - mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq;

Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati tomonidan Reestrga ma’lumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida korrupsiyaviy tavsifdagi ma’lumotni xabar kilish uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi haqida aloqa kanallaridan olingan ma’lumot tasdiqlanganda;

ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganda va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va talablariga rioya qilinishi monitoring qilinganda hamda Agentlik Ichki nazorat va komplaens xizmati tomonidan Reestrga ma’lumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida.

Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuviga tegishli bo‘lgan ariza va xabarnomalari hamda boshqa ma’lumotlar Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limida saqlanishi shart.

7-bob. Javobgarlik

  1. Egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, barcha xodimlar, ushbu Nizomning talablariga rioya qilish, shuningdek, o‘z manfaatlarining to‘qnashuvi to‘g‘risida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot berish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
  2. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari kelib chiqqan xodimlar tegishli ma’lumotni tahlil qilish va boshqa tekshirishlarni o‘tkazishda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mas’ul shaxslariga ko‘maklashishlari lozim.
  3. Xodimning manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishi va (yoki) qasddan o‘z vaqtida yoki to‘liq oshkor etmasligi, Agentlik manfaatlarining buzilishiga olib kelganligi yoki olib kelmaganligidan qat’i nazar, qabul qilingan ahloqiy normalar, mehnat intizomi hamda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ichki talablari buzilishi sifatida qaraladi.
  4. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, ko‘rib chiqish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha mas’ul xodimlar, shu jumladan ushbu ma’lumotlardan foydalanish vakolatiga ega xodimlar tomonidan axborot konfedensialligining har qanday ko‘rinishda buzilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
  5. Xodimda u ongli ravishda mazkur Nizomda belgilangan tartibda mas’ul mansabdor shaxslarga xabar bermagan, xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib kelgan va (yoki) Agentlik manfaatlarining buzilishiga olib kelgan manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda, bunday xodim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va Agentlikning ichki mehnat hujjatlarida belgilangan asoslarda va tartibda intizomiy javogarlikka tortilishi mumkin.
670 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech